Kafedralar

Jismony tarbiya va YoChQBT kafedrasi

KAFEDRA HAQIDA:

Jismoniy tarbiya va Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik kafedrasida 2 nafar asosiy shtatda va 2 nafar o’rindoshlik asosida jami 4 nafar o’qituvchi faoliyat olib boradi.

KAFEDRA O’QITUVCHILARI SALOHIYATI

  1. Mutaxassis-o’qituvchi – 2 ta
  2. Katta o’qituvchi – 1 ta
  3. Yetakchi o’qituvchi – 1 ta
  4. Bosh o’qituvchi – 0 ta

KAFEDRANING SHAXSIY TARKIBI:

  1. Kasimov Rustam Zairovich– Kafedra mudiri, mutaxassis . 
  2. Karimov Voxid Dilmurodovich–Harbiy rahbar, mutaxassis. 
  3. Kurbanov Sherali Ch–katta jismoniy tarbiya rahbari.
  4. Nasirdinbekov Nuriddin Xusniddinbekovich – etakchi o’qituvchi.

 

KAFEDRA TOMONIDAN O’QITILADIGAN FANLAR:

  1. Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik (II-III-bosqichda)
  2. Jismoniy tarbiya (I-II-III-bosqichda)

KAFEDRADA FAOLIYAT YURITAYOTGAN FAN TO’GARAKLARI:

  1. Merganchi– V.D.Karimov
  2. Voleybol – Sh.Ch.Kurbanov
  3. Futbol– N.X.Nasirdinbekov
  4. Shashka – N.X.Nasirdinbekov
  5. Stol tennisi– N.X.Nasirdinbekov
  6. Basketbol– Sh.Ch.Kurbanov
  7. Og’ir atletika– Sh.Ch.Kurbanov
  8. Boks– Sh.Ch.Kurbanov
  9. Shaxmat– N.X.Nasirdinbekov

KAFEDRAGA BIRIKTIRILGAN GURUHLAR:

  1. AF-43 (N.X.Nasirdinbekov)
  2. TN-32 (R.Z.Kasimov)

KAFEDRANING O’QUV PEDAGOGIK FAOLIYATI:

Kafedra o’qituvchilari tomonidan fanga tegishli bo’lgan o’quv uslubiy majmualar yaratilgan va doimiy tarzda yangilanib boriladi.

KAFEDRANING MA’NAVIY-MA’RIFIY VA TASHKILIY FAOILiYATI:

“Jismoniy tarbiya va Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” kafedrasida har yili mart oyida fan oyligi o’tkazilib kelinadi. 14 yanvar – “Vatan himoyachilari” kuniga bag’ishlangan ochiq darslar va bayram tadbiri doimiy tarzda o’tkazilib kelinadi. Bundan tashqari har yili bo’lib o’tadigan “Shunqorlar” harbiy sport musobaqasida litsey jamoasi doimiy tarzda qatnashib faxrli o’rinni egallab kelmoqda. “Jismoniy tarbiya va Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” kafedrasida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining 1-2-3 bosqich sport o’yinlarida, Malayziya elchixonasining “Malayziya CUP”, Toshkent Moliya instituti rektori kubogi, TDIU rektori kubogi musobaqalarida qatnashib faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda.