Litsey haqida

Litsey hakida

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyi - yangi turdagi o‘quv muassasasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayorlash milliy dasturi”ga muvofiq, Davlat ta’limi standartlariga mos ravishda o‘z faoliyatini ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda litseyda mingga yaqin o‘quvchilar o‘qib, ularga 50 dan ortiq malakali o‘qituvchilar ta’lim bermoqdalar. Shu bilan birga, ta’lim jarayoniga TDIU va mamlakatimizning boshqa ilg‘or OTMlaridan fundamental va amaliy tadqiqotlar sohasida kuchli ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar jalb qilingan. Litseyda “Aniq fanlar (Iqtisod)” yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘quv xonalari va laboratoriyalar zamonaviy o‘quv-texnik vositalari bilan jihozlangan. Darslar turli fanlarga ixtisoslashgan xonalarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib boriladi. Jumladan, guruhlarga biriktirilgan deyarli barcha o‘quv xonalari kompyuter va videoproyektorlar bilan jihozlangan. Shu bilan birga, litseyda fizika, kimyo va biologiya fanlaridan maxsus jihozlangan o‘quv laboratoriya xonalari, server, 2 ta kompyuter va 2 ta lingafon xonalari mavjud. Sport majmuasi va sport maydonchalari zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan. Har tomonlama rivojlangan sog‘lom avlodni shakllantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘quvchi yoshlarning mustaqil ta’lim olishlari uchun litsey Axborot-resurs markazida yetarlicha o‘quv va badiiy adabiyotlar, hamda ularning elektron nusxalari mavjud. Litseyda doimiy ravishda o‘quvchi yoshlarni xalqimizning urf-odatlari, an’analari va tarixiga bo‘lgan hurmat, gumanizm va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan turli xil tadbirlar o‘tkazib boriladi. Litseydagi yangiliklar bilan tanishtirib borish uchun yagona ichki lokal tarmoqqa ulangan elektron monitorlardan foydalaniladi. 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
akademik litseyiga
xush kelibsiz!