Ko'p beriladigan savollar

  1. AKADEMIK LITSEY NIMA?
  2. TA'LIMNING MAJBURIYLIGI?
  3. O‘QUVCHILAR QANDAY HUQUQLARGA EGA?
  4. AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI BITIRUVChILARIGA QANDAY HUJJAT BERILADI?
  5. O‘QUVCHILARNING TA'LIM OLISHLARI UCHUN ULARNING OTA-ONALARIGA JAVOBGARLIK YUKLATILGANMI?
  6. O‘QISHNI BIR TA'LIM MUASSASASIDAN BOShQASIGA KO‘ChIRISH MUMKINMI?
  7. AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI O‘QUVCHILAR SAFIGA QANDAY QABUL QILINADI?

 

AKADEMIK LITSEY NIMA?
(Akademik litseyda qanday ta'lim yo‘nalishlari mavjud)
Akademik litsey o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, chuqur, ixtisoslashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan o‘rta maxsus ta'lim olishni ta'minlaydigan ta'lim muassasasidir.
Akademik litseylarda 5 ta aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar, madaniyat va san'at yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim beriladi.
Oliy ta'lim muassasalarining matematika, amaliy matematika va informatika, mexanika, qurilish, avtomatlashtirish va boshqaruv, telekommunikatsiyalar, elektrotexnika, neftgaz ishi kabi (matematika, fizika, ona tili va adabiyot fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan) mutaxassisliklarni egallashda ahd qilgan yoshlarga «Aniq fanlar yo‘nalishi»ni tanlash tavsiya etiladi.
Shuningdek, kelgusida xalqaro biznes, marketing, moliya va kredit, menejment kabi (matematika, xorijiy til (ingliz, fransuz, nemis tillari), ona tili va adabiyot fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan) mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun ham “Aniq fanlar” yo‘nalishida o‘qish maqsadga muvofiq.
«Tabiiy fanlar» yo‘nalishi:
1. kimyoviy texnologiya va biotexnologiya, oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi, metallurgiya, poligrafiya bo‘lgan va kimyo, matematika, ona tili va adabiyoti fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun tavsiya etiladi;
2. davolash ishi, stomatologiya, pediatriya ishi, tibbiy-profilaktika ishi, biologiya, tuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, agronomiya, ipakchilik, seleksiya va genetika, o‘simliklarni himoya qilish, zootexnika, qorako‘lchilik, mevasabzovotchilik, veterinariya, kimyo, farmatsiya bo‘lgan va biologiya, kimyo, ona tili va adabiyoti fanlaridan test sinovlari topshiriladigan oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun tavsiya etiladi;
3. geografiya, gidrometerologiya bo‘lgan va geografiya, matematika, ona tili va adabiyoti fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun tavsiya etiladi.
«Ijtimoiy-gumanitar fanlar» yo‘nalishi:
1) rus maktablarida o‘zbek (qoraqalpoq) tili mutaxassisligi bo‘yicha o‘zbek (korakalpok) tili va adabiyoti, rus tili, tarix fanlaridan va o‘zbek (qorakalpoq) filologiyasi, o‘zbek (qoraqalpoq) tili va adabiyoti, jurnalistika, xalqaro jurnalistika mutaxassisliklari bo‘yicha o‘zbek (qorakalpok) tili va adabiyoti, tarix, xorijiy til fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun tavsiya etiladi;
2) falsafa, falsafa va mantiqning umumjahon tarixi, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, kutubxonashunoslik, kitobshunoslik, arxivshunoslik, madaniy ishlar tashkitotchisi, yurisprudensiya, huquqshunos-pedagog, madaniyat sohasidagi sotsiolog bo‘lgan va tarix, ona tili va adabiyot, xorijiy til fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun tavsiya etiladi.
«Xorijiy tillar» yo‘nalishi:
1) roman-german (ingliz, fransuz, nemis tili), sharq filologiyasi bo‘lgan va xorijiy til (ingliz fransuz, nemis tillari, sharq tillari), ona tili va adabiyot, tarix fanlaridan;
2) sharqshunoslik, afrikashunoslik, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, dinshunoslik (islomshunoslik), Osiyo va Afrika mamlakatlarining xalqaro munosabatlari tarixi, xalqaro turizm bo‘lgan va xorijiy til (ingliz, fransuz, nemis tillari), tarix, ona tili va adabiyot fanlardan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun tavsiya etiladi.
«Madaniyat va san'at» yo‘naliish akademik litseyni tugatgandan keyin ta'lim yo‘nalishlari bastakorlik san'ati, dirijyorlik, vokal san'ati, cholg‘u ijrochiligi, san'atshunoslik bo‘lgan va tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun tavsiya etiladi.

TA'LIMNING MAJBURIYLIGI?
(O‘quvchining ta'lim olish huquqi qanday ta'minlanadi)
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yunalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi konuni bilan belgilab berilgan. Ushbu qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilab, har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlaydi.
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavkei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'i nazar, har kimning bilim olishda teng huquqlari davlatimiz tomonidan kafolatlanadi.
yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni boqish davlatning to‘liq ta'minoti asosida amalga oshiriladi.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun maxsus ta'lim muassasalari tashkil etilgan. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o‘kuvchilari qisman yoki to‘la davlat ta'minotida bo‘ladi.

O‘QUVCHILAR QANDAY HUQUQLARGA EGA?
O‘quvchilar kuyidagi xuquqlarga ega:
- fan, texnika va madaniyatning rivojlanishiga mos bilimlarni olish;
- o‘quv rejasi doirasida ixtisoslikni tanlash;
- ta'lim muassasasining boshqaruv organlariga saylash va saylanish, ta'lim muassasasi faoliyatiga tegishli muhim masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
- ta'lim-tarbiya jarayonida belgilangan tadbirlarni o‘tkazishda xona va o‘quv xonalari, la-boratoriya, ustaxonalarning jihozi, kutubxona va ta'lim muassasasining boshqa tarmoqlaridan foydalanish;
- kollejning ijodiy va ishlab chikarish faoliyatida qatnashish;
- o‘quvchi yoki tashkilot tomonidan to‘lov evaziga mazkur mutaxassislikning o‘quv rejasi doirasidan tashqari fanlar bo‘yichabilim olish.
Uquvchi quyidagi majburiyatlarni zimmasiga olishi kerak:
Kollej o‘quvchilari o‘quv reja dasturlarida belgilangan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishlari, kollej ustavida ko‘rsatilgan ichki tartib-qoidalarga amal qilishlari shart. O‘quv jarayonida o‘quvchi o‘qituvchilar va ta'lim muassasasi xodimlari, tengdoshlariga nisbatan yuksak madaniyatli xulk va hurmat-e'tiborli bo‘lishi lozim. O‘quvchi ta'lim muassasasining moddiy jihozlarini, o‘quv binolari intererlari, mebellar, o‘quv-laboratoriya jihozlari, shuningdek, axborot resurs markazidan olingan kitoblarni ko‘z qorachig‘iday asrashi zarur.

AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI BITIRUVChILARIGA QANDAY HUJJAT BERILADI?
Akademik litseyni xamda kasb-xunar kollejlari bitiruvchilariga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi to‘g‘risida davlat tomonidan tasdiqlangan na'munadagi diplom beriladi. Diplomlarga o‘qish davridagi barcha baholar (reytinglar), shuningdek, bitiruvchining umumiy reytingi va yakuniy davlat attestatsiyasining natijalari ko‘rsatilgan qo‘shimcha varaq ilova qilinadi. Akademik litseyni tugatganlik to‘g‘risidagi diplom oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kirish hamda olingan bilimlarni mehnat fao- liyatida ro‘yobga chiqarish huquqini beradi. Kasb-xunar kollejini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom olingan mutaxassislikka muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish hamda oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kirish huquqini beradi.

O‘QUVCHILARNING TA'LIM OLISHLARI UCHUN ULARNING OTA-ONALARIGA JAVOBGARLIK YUKLATILGANMI?
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishlari uchun mas'uldir.
Voyaga yetmagan bolalarining ta'limga jalb etilmaganligi uchun ota-onalari yoki qonuniy vakillari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

O‘QISHNI BIR TA'LIM MUASSASASIDAN BOShQASIGA KO‘ChIRISH MUMKINMI?
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasining bir turidan boshqasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ayrim sabablarga ko‘ra, o‘qishini bir ta'lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish uchun o‘quvchi yoki uning ota-onasi o‘zi yashab turgan hududdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi yoki Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markaziga ariza bilan murojaat qilishi lozim bo‘ladi.

AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI O‘QUVCHILAR SAFIGA QANDAY QABUL QILINADI?
O‘quvchi tomonidan akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga kirish xamda ta'lim yo‘nalishi (kasb)ni tanlash ixtiyoriydir. Bunday tanlov idrok etilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejiga qabul qilish chog‘ida ikkita holat yuzaga kelishi mumkin:
birinchisi, hujjat topshirganlar soni belgilangan rejadan kam yoki teng bo‘lishi mumkin,
ikkinchi holatda esa, hujjat topshirganlarning soni rejadan ortiq bo‘lishi mumkin. Har ikkala holatga ham quyidagicha sharh berib o‘tamiz:
1. Akademik litsey va kasb-hunar kollejiga kirish uchun hujjat topshirgan
9-sinf bitiruvchilari soni ta'lim muassasasi uchun belgilangan qabul rejasi ko‘rsatkichlaridan ortiq bo‘lmagan hollarda o‘quvchi akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri teng shartlarda qabul qilinadi. Madaniyat, sport va san'at yo‘nalishidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlash jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda ushbu ta'lim muassasalariga bitiruvchilarni qamrab olish vaqtida ijodiy sinovlar o‘tkazilishi mumkin.
2. Bitiruvchilardan tushgan arizalar soni akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji uchun tasdiqlangan qabul ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi o‘quvchilar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratish yoki bitiruvchilar orasida saralash test-sinovlari o‘tkazish bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Testlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.