Litsey yangiliklari

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Ayolga baxt bering” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan professor o’qituvchilar, ota-onalar, litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari qatnashdilar. Tadbir davomida o’quvchilar onalarni e’zozlash haqidagi ashula va raqslar, shu bilan birga turli xil qiziqarli sahna ko’rinishlari bilan kelgan mehmonlarni tabriklashdi. Tadbir juda ko‘tarinki ruhda bo’lib o’tdi.