Litsey yangiliklari

"O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning innovatsion texnologiyalari, muammolari va yechimlari" mavzusida mahorat darsi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyida 2020 yil 9 mart kuni Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi hamkorligida “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning innovatsion texnologiyalari, muammolari va echimlari” mavzusida mahorat darsi bo’lib o’tdi.

Tadbirda TDIU “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri v.v.b. i.f.n. Abdullaev M.Q, kafedra dotsenti Sh.Xoshimxodjaev, kafedra assistenti A.Sadinov, akademik litsey direktori v.v.b. E.B.Xolmatov, to’garak rahbarlari N.I. Akramova, G.A.Abidova, litsey professor-o’qituvchilari va akademik litsey 1- va 2-kurs o’quvchilari qatnashdilar.

Tadbirni akademik litsey direktori v.v.b. E.B.Xolmatov ochib berdi. So’ngra ma’ruza uchun so’zni TDIU“Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri v.v.b. i.f.n. M.Q.Abdullaevga berdi.

M.Q.Abdullaev “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning innovatsion texnologiyalari, muammolari va yechimlari” mavzusida ma’ruza o’qidi. Bundan tashqari universitet faoliyati va universitetdagi ta’lim yo’nalishlari, kafedra professor-o’qituvchilari haqida ma’lumot berdi. Ma’ruza savol-javob shaklida davom etdi.

TDIU “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Sh.Xoshimxodjaev “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risida o'quvchilarga mahorat darsi o’tkazdi.

 

TDIU “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti A.Sadinov o’quvchilarga “O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari" mavzusida ma’ruza qildi. Uchrashuv o’quvchi va o’qituvchi o’rtasida qizg’in bahs-munozara ko’rinishida o’tdi.