Litsey yangiliklari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyida 2020-2021 o’quv yili boshida guruhlarda ota-onalar bilan uchrashuvlar bo’lib o’tdi.

Akademik litseyda barcha guruhlarda ota-onalar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Hozirda COVID-19 kasalligi tarqalgan, shuningdek, karantin choralari yumshatilib anʼanaviy tarzda darslarga ruxsat berilganga qadar o‘quvchilar yangi o‘quv yilida fanlarni masofaviy  tarzda maxsus ТDIU rektori tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Smart university” platformasi orqali o‘zlashtirishlari  taʼkidlab o‘tildi. Platforma haqida ota-onalarga kengroq tushuncha berildi. Litsey rahbari E.B.Xolmatov majlis qatnashchilarini shunday qiyin vaziyatda vaqt ajratib karantin qoidalariga amal qilgan xolda majlisga tashrif buyurganliklari uchun minnatdorlik bildirdi. Hozirda darslar masofaviy tarzda olib borilishiga qaramasdan darslar sifati va o‘quvchilarni fanlarni o‘zlashtirish darajasi yuqori darajada bo‘lishi lozimligini va buning uchun litsey maʼmuriyati va jamoasi barcha chora-tadbirlarni amalga oshirayotganligini taʼkidladi. O‘quvchilarni masofadan turib fanlarda qatnashishlarini va bilim olishlarini nazorat qilishda ota-onalarning o‘rni naqadar muhimligi aytib o‘tildi. Fan o‘qituvchilari so‘zga chiqib, darslar onlayn tarzda qanday olib borilayotganligi haqida maʼlumotlar berib o‘tdilar. Ota-onalar ham so‘zga chiqib farzandlarining masofadan turib darslarni o‘zlashtirishda va bilim olishlarida litsey maʼmuriyati va o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini taʼkidlashdi. Majlis so‘ngida guruh rahbarlari majlisning barcha  ishtirokchilariga minnatdorlik bildirib o‘tdilar.