Litsey yangiliklari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyida 2020-yil 10-sentyabr kuni litsey o’qituvchilari ishtirokida “Korruptsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi seminar bo’lib o’tdi

Akademik litsey direktori v.v.b. E.B.Xolmatov mamlakatimizda davlat darajasidagi har qanday qaror yoki qonunni qabul qilishda jamoatchilik fikrini bilish demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri sanalishini ta’kidlab o’tdi. Bugun O’zbekistonda ana shu tizimni samarali yo’lga qo’yishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilayotganini va korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilishi ushbu yo’nalishda to’planib qolgan muammolar echimini topishda tashlangan katta qadam ekanini ta’kidladi.

Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 75-­sessiyasidagi nutqida bu masalaning yurtimiz miqyosidagi ahamiyatiga to’xtalar ekan, “Korruptsiyaga qarshi murosasiz kurash yangi bosqichga ko’tarildi. Bu borada muhim qonun hujjatlari qabul qilinib, mustaqil tuzilma — Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi”, deya alohida ta’kidladi. Yuksak xalqaro minbarda turib aytilgan bu so’zlar mamlakatimizda ushbu illatga qarshi boshlangan ayovsiz kurashdan darak bo’lib, korruptsiyani tag­tomiri bilan yo’qotish shu yurtda yashaydigan har bir inson hayoti bilan bog’liq masaladir.

Hayot shuni ko’rsatadiki, bugun nafaqat korruptsiyani taqiqlaydigan qonunlarni qabul qilish, balki ushbu qonunlar haqiqatdan ham amaliyotda qo’llanilayotganini tasdiqlovchi muayyan bir dalil­isbotlarni ham taqdim etish lozimligini akademik litsey direktori v.v.b. E.B.Xolmatov ta’kidlab o’tdi .