O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
2019-yil 21-oktabr kuni TDIU akademik litseyida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag'ishlab "Sen tilni sharafla, qomus bil!" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Shuhrat" medali sohibasi, shoira Umida Abduazimova, filologiya fanlari nomzodi, tilshunos olima Nargiza Erkaboyeva, litseyimiz o'qituvchilari hamda o'quvchilar ishtirok etishdi.